Liverpul shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtlarimizning muvaffaqiyatli yurishi davom etmoqda.
Feruza Kazakova -51 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda braziliyalik Karoline De Almeidani 5:0 hisobida mag‘lub etdi va chorak finalga yo‘l oldi.
-60 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Sitora Turdibekova italiyalik Rebekka Nikoliga hech qanday imkon qoldirmadi. 5:0.













