Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman. Tyago Alkantara "Barselona"ga qaytdi (foto)

Rasman. Tyago Alkantara "Barselona"ga qaytdi (foto)

Baho:
+1 | -

Tyago Alkantara "Barselona"ga qaytdi.

"Bavariya" va "Liverpul"da ham o‘ynagan kataloniyaliklarning 34 yoshli tarbiyalanuvchisi yana "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning yordamchisiga aylandi.

"Barsa" murabbiylar shtabida Alkantara, boshqa narsalar qatori, taktika va mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishga e’tibor qaratadi.

U bugun maydonda ishga kirishdi. Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi o‘z tajribasi va o‘yin haqidagi tasavvurini jamoaning kundalik ishiga olib kirish ham uning vazifasiga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, Tyago o‘tgan yili Flik tayinlanganidan keyin - iyuldan avgustgacha "Barselona" murabbiylar shtabida ishlagan edi.

Kiritildi: 18:36, 11.09.2025.
O'qildi: 3980 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.