Darvozabon Janluiji Donnarumma "Manchester Siti"da nimalarga erishmoqchiligini aytdi.
"Shaharliklar" yozgi transferlar oynasi yopilishi oldidan italiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Avvalgi to‘rt yilni darvozabon "PSJ"da o‘tkazgan.
"Maqsadim - tarixga kirish, klub va shaharning haqiqiy ramziga aylanish. Muxlislar men bilan faxrlanishlarini istayman va buning uchun qo‘limdan kelganini qilaman, bor kuchimni beraman. "Manchester Siti" - tarixga ega klub, u cho‘qqiga chiqishga loyiq," - deya jamoada debyut qilmagan Donnarummaning so‘zlarini keltiradi City Report.













