"Atalanta" hujumchisi Ademola Lukman yozda jamoadan ketish istagi tufayli klub bilan yuzaga kelgan ziddiyatdan so‘ng yana jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytishga tayyor.
Nikolo Skiraning xabar berishicha, Lukman A Seriya doirasidagi "Lechche" va YECHLdagi "PSJ"ga qarshi o‘yinlarga tayyor bo‘lmoqchi.
Avvalroq "Yuventus" Lukmanni qishda sotib olmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabarlar chiqqan edi.













