Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

"Nasaf"ning OFK Elit chempionlar ligasi 1-turidagi raqibi haqida

"Nasaf"ning OFK Elit chempionlar ligasi 1-turidagi raqibi haqida

Baho:
+ | -

Bugun "Nasaf" klubi OFK Elit chempionlar ligasi musobaqasidagi yurishini boshlaydi. Qarshiliklar dastlabki turni Jidda shahrida, musobaqaning amaldagi chempioni "Al Ahli" klubiga qarshi o‘tkazadi.

Keling, ushbu jamoa haqida biroz to‘xtalamiz.

"Al Ahli" klubi 88 yillik tarixga ega jamoa hisoblanadi. Klub 1937-yilda tashkil topgan.

Jamoaga muxlislar tomonidan "Al Malaki" (ya’ni, qirollar) va "Nadi Al Umam" (ya’ni, xalq jamoasi) kabi nomlar berilgan.

"Al Ahli" jamoa o‘z uy uchrashuvlarini Jidda shahrida joylashgan Qirol Abdulloh stadionida o‘tkazadi. Ushbu maydon o‘z bag‘riga 62 mingdan ziyod muxlisni sig‘dira oladi.

"Nasaf"ning OFK Elit chempionlar ligasi 1-turidagi raqibi haqida
Jamoa Saudiya Arabistoni Professional ligasining 9 karra chempioni, 8 karra Qirol kubogi sohibi va yana 2 karra Saudiya Arabistoni Superkubogi g‘olibi hisoblanadi.

Jamoa shu vaqtga qadar Osiyo Futbol Konfederasiyasi tomonidan o‘tkaziladigan rasmiy musobaqalarda 120 ta o‘yin o‘tkazgan. 61 ta o‘yinda g‘alaba qozongan, 30 ta o‘yin jiddaliklarning mag‘lubiyati bilan yakunlangan. 28 ta bahsda durang natija qayd etilgan.

"Nasaf"ning OFK Elit chempionlar ligasi 1-turidagi raqibi haqida
"Al Ahli" OFK Elit chempionlar ligasi musobaqasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Jamoa o‘tgan yilgi finalda Yaponiyaning "Kavasaki Frontale" klubini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan holda, o‘z tarixida birinchi marotaba Osiyo chempionligiga erishdi.

Jamoani ayni paytda germaniyalik 37 yoshli mutaxassis Matias Jaissle boshqarmoqda. Avstriyaning "Zalsburg" klubidagi faoliyati bilan ko‘pchilikka tanish bo‘lgan ushbu murabbiy 2023-yilning 28-iyul sanasidan beri "Al-Ahli" klubiga ustozlik qilmoqda.

"Al-Ahli" jamoasi tarkibida ayni vaqt "Chelsi" jamoasi sobiq posboni Eduard Mendi, Roma klubi sobiq himoyachisi Rojer Ibanez, "Barselona" jamoasi sobiq a’zosi Frank KessiYE, "Brentford" klubi sobiq hujumchisi Ayvon Toni va o‘z vaqtida Angliya Premiyer ligasida yil futbolchisi deb topilgan Riyod Mahrez kabi futbolchilar faoliyat olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, OFK Elit chempionlar ligasi 1-turidan o‘rin olgan "Al-Ahli" - "Nasaf" o‘yini 15-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:15 da start oladi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 15:14, 15.09.2025.
O'qildi: 1333 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик