"Real" yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni hujumchi Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi.
"O‘tgan yili Mbappe ko‘plab gollar urdi va bu mavsumda ham shunday davom etmoqda. U aql bovar qilmaydigan darajada o‘ynaydi va u bilan g‘alaba qozonish imkoniyatimiz doim yuqori bo‘ladi," - dedi Tchuameni matbuot anjumanida.













