"Arsenal" mavsumdagi beshta o‘yinning faqat bittasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olmadi.
Bugun Mikel Arteta jamoasi Chempionlar ligasi doirasida "Atletik"ni mag‘lub etdi (2:0). Avvalroq "Nottingem Forest" (3:0), "Lids" (5:0) va "Manchester Yunayted" (1:0) taslim qilingandi.
Londonliklar faqat "Liverpul"ga yutqazib qo‘ydi (0:1), o‘yin taqdirini hal qilgan golni Dominik Soboslai jarima zarbasidan kiritdi.
21 sentyabr kuni "Arsenal" APL doirasida "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushadi.













