Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ngumoxa YECHLda debyut qilgan eng yosh ikkinchi angliyalik futbolchiga aylandi

Ngumoxa YECHLda debyut qilgan eng yosh ikkinchi angliyalik futbolchiga aylandi

Baho:
+ | -

"Liverpul" futbolchisi Rio Ngumoxa Chempionlar Ligasidagi debyutini Madridning "Atletiko" klubiga qarshi o‘yinda (3:2) o‘tkazdi.

Yosh vinger 74-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. UEFA rasmiy saytining ta’kidlashicha, Ngumoxa "Arsenal"ning sobiq yarim himoyachisi Jek Uilsherdan (16 yosh-u 329 kun) keyin Chempionlar ligasida o‘ynagan ikkinchi eng yosh angliyalik futbolchiga aylandi (17 yosh-u 19 kun). "Liverpul"ning o‘sib borayotgan yulduzi 17 yoshu 37 kunligida "Chelsi" safida turnirdagi debyutini o‘tkazgan Dominik Solankeni ortda qoldirdi.

Arne Slot jamoasi qo‘shib berilgan daqiqalarda markaziy himoyachi Virjil van Deykning goli evaziga "Atletiko" ustidan g‘alabani ilib ketdi.

Kiritildi: 07:46, 18.09.2025.
O'qildi: 646 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик