Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Lyorente "Enfild"da gol urish bo‘yicha Benzemaning rekordini takrorladi

Lyorente "Enfild"da gol urish bo‘yicha Benzemaning rekordini takrorladi

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Markos Lyorente "Liverpul"ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi, ammo jamoasini mag‘lubiyatdan (2:3) qutqarib qololmadi.

30 yoshli futbolchi 81-daqiqada ikkinchi golni urib, "matraschilar"ni deyarli durangga yaqinlashtirgandi, ammo "qizillar" baribir o‘z maqsadiga erishdi - Virjil van Deyk hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alaba goliga mualliflik qildi.

Lyorente hisobida Chempionlar Ligasi doirasida "Liverpul" bilan "Enfild"da bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda jami to‘rtta gol bor - bu shu kungacha "Real"ning sobiq hujumchisi Karim Benzemaga tegishli bo‘lgan turnir rekordini takrorlashdir.

E’tiborlisi, Markos Lyorente "Liverpul" maydonida YECHLdagi gollari umumiy sonining yarmidan ko‘pini - yettitasidan to‘rttasini urdi.

Kiritildi: 07:49, 18.09.2025.
O'qildi: 831 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик