Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Mbappe va Vinisiusga nisbatan irqchilik qilgan "Ovyedo" muxlisi katta jarima to‘laydi

Mbappe va Vinisiusga nisbatan irqchilik qilgan "Ovyedo" muxlisi katta jarima to‘laydi

Baho:
+ | -

"Ovyedo" muxlisi Kilian Mbappe va Vinisiusga nisbatan irqchilik qilgani uchun jarimaga tortildi.

24 avgust kuni La Liga 2-turidan o‘rin olgan bahsda "Real" safarda "Ovyedo"ni mag‘lub etdi (3:0). O‘yin davomida mezbonlar muxlislaridan biri "Madrid" futbolchilari Kilian Mbappe va Vinisiusga nisbatan irqchilik ruhidagi haqoratli so‘zlarni aytgan. Muxlis 37-daqiqada Mbappening golidan keyin imo-ishoralar va tovushlar bilan maymunni tasvirlagan.

Zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha davlat komissiyasi muxlisga 4 ming yevro jarima solish va 12 oyga sport ob’ektlariga borishni taqiqlash taklifini ma’qulladi.

Shu bilan birga, tergov sudi tomonidan tergov harakatlari davom etmoqda. Ayblanuvchi shaxsga uch yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda.

Kiritildi: 17:53, 18.09.2025.
O'qildi: 967 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик