Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Futzal. O‘zbekiston milliy jamoasining bugungi raqibi — Falastin haqida

Futzal. O‘zbekiston milliy jamoasining bugungi raqibi — Falastin haqida

Baho:
+ | -

Bugun qit’amiz bo‘ylab futzal bo‘yicha Osiyo kubogi-2026 saralash bahslariga start beriladi. 31 ta jamoa 8 ta guruhga taqsimlangan. 7 ta guruhda 4 tadan, bitta guruhda esa 3 ta jamoa 15 ta yo‘llanma uchun bahs olib boradi. Saralash bahslari 20–24 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Bishkek shahrida o‘tayotgan F guruhi saralash bahslarida ishtirok etadi. Hamyurtimizlar bugun ilk uchrashuvini Falastin terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. 22 sentyabrda Sharqiy Timor, 24 sentyabrda Qirg‘iziston terma jamoalariga qarshi maydonga chiqadi.

Tanishing, raqibimiz – Falastin terma jamoasi!

Futzal bo‘yicha Falastin terma jamoasi ayni paytda FIFA reytingida 119-o‘rinda bormoqda. Jamoa Falastin futbol assosiasiyasi tasarrufida faoliyat yuritadi.

Falastin futzal terma jamoasi ilk rasmiy uchrashuvini 1998 yilning 6 dekabr sanacida Misr terma jamoasiga qarshi o‘tkazib, 5:9 hisobiga imkoniyatni boy bergan. Falastinliklarning xalqaro maydonlardagi eng yirik hisobli g‘alabasi 2005 yilning 28 may sanacida Guamga qarshi o‘yinda qayd etilgan – 14:0. Eng yirik hisobdagi mag‘lubiyati esa – 1:19. Falastinliklar 2012 yilning 29 aprel sanacida Eron terma jamoasiga shunday hisobda imkoniyatni boy bergan.

Falastin terma jamoasi Jahon chempionati bahslariga chiqmagan. Osiyo kubogi musobaqasi saralash bahslarida 1999 yildan ishtirok etib kelayotgan bo‘lsa, 3 marta final bosqichiga yo‘llanma olgan. 2001 yilgi Osiyo kubogida Falastin terma jamoasi chorak finalgacha yetib borgan. 2003 hamda 2005 yilgi Osiyo kuboklarida guruh o‘yinlari bilan kifoyalangan. 2006 yildan buyon esa 10 ta Osiyo kubogining saralash bahslaridan o‘ta olmagan.

O‘zbekiston va Falastin terma jamoalarining yo‘li Osiyo kubogi final bosqichida bir marta kesishgan. 2005 yilgi Osiyo kubogi guruh bosqichidagi o‘yinda O‘zbekiston raqibni yirik – 9:1 hisobiga mag‘lubiyatga uchratgan.

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kuboklarida 17 marta ishtirok etib, 91 ta o‘yinda maydonga chiqqan: 60 g‘alaba, 8 durang, 23 mag‘lubiyat. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 379:226, +153. 188 ochko jamg‘arilgan.

Falastin terma jamoasi Osiyo kuboklarida 3 marta ishtirok etib, 15 ta o‘yinda maydonga chiqqan: 9 ta g‘alaba, 6 ta mag‘lubiyat. To‘plar farqi – 101:70, +31. Jamg‘arilgan ochkolar – 27 ta.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 14:19, 20.09.2025.
O'qildi: 689 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик