Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Sergey Lushan: “Nimalar bo‘layotganligini tushunmayapman”

Sergey Lushan: “Nimalar bo‘layotganligini tushunmayapman”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superliganing 22-turidan o‘rin olgan “Buxoro” – “Navbahor” (5:0) uchrashuvidan keyipgi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonar bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

“Lochinlar” ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

– Uchrashuv borasida nima deyishim mumkin, biz 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradik. Bahsning 1-bo‘limini juda rasvo o‘tkazdik. Natija haqqoniy, boisi, himoyani o‘ylamay, futbol o‘ynalsa, natijasi shunday bo‘ladi. Balki, o‘z darvozamizdan 6 ta to‘p o‘tkazishimiz ham mumkin edi. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. Jamoamizda har tomonlama muammolar yetarli: qarzdorlikdan tortib, shartnomalargacha. O‘ylaymanki, yaqin orada jamoaga e’tibor qaratilib, vaziyat yaxshi tomonga o‘zgaradi. To‘g‘risini aytsam, ba’zi o‘yinchilarimiz uchun mavsum tugadi. Chunki ular jamoa uchun emas, jamoaga qarshi futbol o‘ynashyapti. Vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilyapmiz, lekin o‘xshamayapti.

- O‘zPFL tomonidan e’lon qilingan uchrashuv statistikasini ko‘rganimizda, “Navbahor” “Buxoro”dan ko‘p jihatlar bo‘yicha oldinda ekanligi ko‘rindi. Lekin tablodagi hisob buning aksi bo‘ldi. Nima, jamoangiz o‘ynashni xohlamadimi?

- Yana qaytarib aytaman, bugungi o‘yindan keyin yarim jamoa a’zolari uchun mavsum tugadi. Chunki ba’zilar bugun raqib foydasiga harakat qilishdi. Men buni boshqacha tushuntirib bera olmayman. Hammasini tahlil qilamiz.

- “Buxoro”dan shunday qarshilik kutganmidingiz?

- Qanday qarshilik haqida gapiryapsiz? Biz o‘zimizga o‘zimiz beshta gol olib keldik. Agar hassaga tayangan kampir maydonga chiqsa ham oltita gol urardi. Albatta, oson bo‘lmasligini bilardik, raqibni hurmat qilamiz. Lekin o‘yinni ko‘ring, faqat o‘zimiz yutqazdik.

- Tezkor gollar ham o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazdimi?

- Yana qaytaraymi? Bizda bugun maydonda faqat uch kishi futbol o‘ynadi. Yettita o‘yinchimiz umuman o‘ynamadi. To‘g‘ri, qarzdorlik bor, balki boshqa klublarda ham bordir. Jamoa uchun o‘ynamaslik bugun boshlangani yo‘q. Ikkinchi davra boshlanibdiki, jamoaga qarshi o‘ynash davom etyapti. Nimalar bo‘layotganini tushunmayapman. Birinchi davradagi jamoadan asar qolmagan.

Manba: https://t.me/fcnavbahor
Kiritildi: 22:56, 20.09.2025.
O'qildi: 1044 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.