2027-yilda Saudiya Arabistonida o‘tadigan Osiyo Kubogiga saralash uchrashuvlarida o‘zbekistonlik hakamlar va inspektor ham faoliyat olib boradi.
9-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Turkmaniston – Shri-Lanka uchrashuvida Asker Najafaliyev boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishlaydi:
Bosh hakam: Asker Najafaliyev
Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov
Zaxira hakami: Akobirxo‘ja Shukurullayev
9-oktyabr kuni o‘tkaziladigan Tojikiston – Maldiv orollari uchrashuvida esa tajribali mutaxassis Valentin Kovalenko inspektor sifatida ishlaydi.













