Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya 1-0 Gana
04/07 22:00 Kanada 0-3 Marokash
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya - Norvegiya
06/07 05:00 Meksika - Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya

APL klubi yanvar oyida Endrikni ijaraga olmoqchi

APL klubi yanvar oyida Endrikni ijaraga olmoqchi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining yetakchi klublaridan biri "Real" hujumchisini ijaraga olish imkoniyatiga qiziqmoqda.

Fichajes nashrining xabar berishicha, "Nyukasl" rahbariyati yanvar oyida 19 yoshli Endrikni 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olishi mumkin. Ushbu transfer braziliyalik futbolchiga kerakli o‘yin amaliyotini olish imkonini berishi mumkin, chunki u Madridda yetarlicha o‘yinamayapti.

2024 yilning yozida "Real" Endrikni "Palmeyras"dan qariyb 50 million yevroga sotib oldi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda Endrik "Real" safida barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda 7 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Mashhur Transfermarkt saytida uning narxi 35 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 18:30, 22.09.2025.
O'qildi: 936 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик