Kirish Ro'yxatdan o'tish

Isak "Liverpul" safidagi ilk golidan keyin izoh berdi

Isak "Liverpul" safidagi ilk golidan keyin izoh berdi

Baho:
+ | -

"Liverpul" hujumchisi Aleksandr Isak Liga kubogi doirasida "Sautgempton"ga (2:1) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuvda hisobni ochgan 25 yoshli futbolchi 43-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu qimmatbaho yangi futbolchining "qizillar" safidagi ilk goli bo‘ldi. Tanaffusda uning o‘rnini Ugo Ekitike egalladi.

"Ajoyib tuyg‘u. Birinchi golni urib, g‘alaba qozonish juda yoqimli. Yaxshi oqshom. Avvalroq gol urishim kerak edi, deb hisoblayman, ammo bu hujumchining ishining bir qismi. Ba’zida xato qilasan, ba’zida esa hammasi yaxshi bo‘ladi. Eng muhimi, muvaffaqiyatsizlikni unutish va keyingi vaziyatdan foydalanishga tayyor bo‘lishdir. Men o‘zimga ishonaman," - dedi Isak ITV’ga bergan intervyusida.

Kiritildi: 08:45, 24.09.2025.
O'qildi: 959 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик