Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul" himoyachisi xochsimon bog‘lamini yirtib olgan bo‘lishi mumkin

"Liverpul" himoyachisi xochsimon bog‘lamini yirtib olgan bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

"Liverpul"ning 18 yoshli markaziy himoyachisi Jovanni Leoni "Sautgempton"ga (2:1) qarshi bahsda jamoa safida debyut qildi. Italiyalik futbolchi tizzasidan olgan jarohati tufayli o‘yin oxirida zaxiraga olindi.

Insayder Nikola Skiraning ta’kidlashicha, Leoni tizzaning oldingi xochsimon bog‘lamini jarohatlab olgan bo‘lishi mumkin. Aytish kerakki, o‘yindan so‘ng "Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot shunday dedi: "Futbolchi bunday jarohat olsa, bu odatda yaxshilik alomati emas".

"Liverpul" Leonini yozgi transferlar davrida Italiyaning "Parma" klubidan 31 million yevro evaziga transfer qilgandi. Mersisaydliklar safida himoyachi bitta o‘yinda maydonga tushdi.

Kiritildi: 13:52, 24.09.2025.
O'qildi: 803 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик