"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa yarim himoyachisi Pedrining saviyasi haqida fikr bildirdi.
"Pedri - ajoyib o‘yinchi. Ular Frenki bilan juda yaxshi munosabatda bo‘lishadi. Mashg‘ulotlarda ko‘rganlarimdan mamnunman. Bizda ajoyib muhit bor, bu muhim, chunki biz har uch kunda o‘ynaymiz," - dedi Flik matbuot anjumanida.
Joriy mavsumda 22 yoshli Pedri barcha musobaqalarda oltita o‘yin o‘tkazib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.













