Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul" Ekitikega jiddiy jazo qo‘lladi

"Liverpul" Ekitikega jiddiy jazo qo‘lladi

Baho:
+ | -

Seshanba kuni Liga kubogining 3-turidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Sautgempton" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Ugo Ekitike hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. Shundan so‘ng u futbolkasini yechdi, buning uchun ikkinchi sariq kartochka oldi va maydondan chetlatildi.

Transfer News Live nashrining Daily Mail jurnalistiga tayanib xabar berishicha, bunday ahmoqona chetlatishdan so‘ng jamoa rahbariyati Ugo Ekitikeni ikki haftalik maoshi miqdorida jarimaga tortadi.

O‘yindan keyin "Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Ugo Ekitikening chetlatilishini ahmoqlik deb atadi.

"Liverpul" keyingi o‘yinini 27 sentyabr, shanba kuni Premyer-liga doirasida "Kristal Pelas" mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 18:15, 25.09.2025.
O'qildi: 3393 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик