Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Afrikalik bokschi: «Agar Ahmadaliyev jangga tayyor bo‘lmasa, nega chempionga chaqiruv tashladi?»

Afrikalik bokschi: «Agar Ahmadaliyev jangga tayyor bo‘lmasa, nega chempionga chaqiruv tashladi?»

Baho:
+-2 | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

14 sentyabr kuni Nagoya (Yaponiya) shahrida Naoya Inoue (31-0, 27 KO) ikkinchi yengil vazn toifasidagi (55,3 kg gacha) mutlaq chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi. U o‘zbekistonlik sobiq chempion Murodjon Ahmadaliyevni (14-2, 11 KO) ishonchli ravishda mag‘lub etdi.

Ushbu vazn toifasida jang qilayotgan, «Energiya» laqabi bilan tanilgan 29 yoshli namibiyalik Fillipus Ngxitumbva (17-2, 15 KO), Nagoyada o‘tkazilgan jangdan qoniqmadi. U The Ring nashriga bergan intervyusida har ikki bokschini ham tanqid qilib, ularni yengishga qodir ekanini bildirdi.

«Bu jang juda ham noumid etdi. U zerikarli o‘tdi, hech qanday harakat yo‘q edi. Bu darajada bizga zerikarli janglar kerak emas. Agar Ahmadaliyev jangga tayyor bo‘lmasa, nega chempionga chaqiruv tashladi? Men ikkalasini ham bir kechada nokaut qilaman.

Inoue doim ta’sirli chiqish qiladi, ammo bu safar u juda ham oddiy va cheklangan edi. Balki shuning uchun ham uni oxirgi jangda nokdaunga tushirishdi? Men u bilan jang sanasi haqida qo‘ng‘iroq kutyapman. Shunda butun dunyoga ikkinchi yengil vazn toifasida eng kuchli bokschi ekanimni ko‘rsataman», — dedi afrikalik.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 23:46, 25.09.2025.
O'qildi: 4278 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик