"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso yarim himoyachi Jud Bellingemning maydondagi o‘rni haqida gapirdi.
"Bellingem - hujumkor yarim himoyachi. U hujumlarni tuzishda ham, yakunlashda ham ishtirok etishi mumkin. U maydonning katta qismini qamrab olishga qodir. Unga moslashuvchanlik va o‘zgaruvchanlik kerak. Ba’zi futbolchilar biroz harakatsizroq bo‘lishi mumkin, ammo gap Jud haqida emas," - dedi Alonso matbuot anjumanida.
Alonso, shuningdek, Bellingemning "Atletiko"ga qarshi derbida "Real"ning asosiy tarkibidan joy olish imkoniyati borligini ta’kidladi.













