Joze Mourinyo "Benfika" bilan 3 ta o‘yinda ikki marta g‘alaba qozondi va bir marta durang o‘ynadi.
Kecha Lissabon klubi Portugaliya chempionatining 7-turida "Jil Visente" ustidan g‘alaba qozondi (2:1).
Avvalroq, "Benfika" "AVS"ni mag‘lub etgan (3:0) va "Riu Ave" bilan durang o‘ynagan edi. Endi jamoa Chempionlar ligasida "Chelsi" mehmoni bo‘ladi.













