Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Merino - "Arsenal"ning 2025 yilda APLdagi eng yaxshi to‘purari

Merino - "Arsenal"ning 2025 yilda APLdagi eng yaxshi to‘purari

Baho:
+ | -

Mikel Merinoning goli "Arsenal"ga Premyer-liga 6-turidan o‘rin olgan "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda (2:1) g‘alabani ilib ketishga yordam berdi. Ispaniyalik futbolchi 84-daqiqada "qarg‘alar" darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Gabriel dos Santos "kanonirlar"ga 3 ochko keltirdi.

Squawka’ning qayd etishicha, aynan Merino 2025 yilda APLda urilgan gollar soni bo‘yicha "Arsenal"ning barcha o‘yinchilari orasida yetakchilik qilmoqda - 7 ta. Ikkinchi o‘rinni Gabriel Martinelli va Leandro Trossard beshtadan gol urib, bo‘lib olishdi.

Keyingi turda Mikel Arteta jamoasi "Vest Xem" (4 oktyabr) bilan to‘qnash keladi, undan uch kun oldin esa o‘z uyida Chempionlar ligasi doirasida "Olimpiakos"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 07:53, 29.09.2025.
O'qildi: 640 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик