"Yuventus"ning sobiq futbolchisi Federiko Bernardeski Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi farqni tushuntirib berdi.
"Ular ikki xil olam. Krishtianu kabi Messini ham futbolchi sifatida tushunish qiyin. Lekin ular bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda.
Messi ko‘zni qamashtiruvchi, u o‘zgacha auraga ega. Krishtianuning yana bir o‘ziga xos xususiyati bor: u futbol va umuman sportda inqilob qildi", – dedi Bernardeski.













