Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

“Barselona” prezidenti Joan Laporta sobiq rahbar Xosep Bartomeuni moliyaviy firibgarlikda ayblab, sudga berdi

“Barselona” prezidenti Joan Laporta sobiq rahbar Xosep Bartomeuni moliyaviy firibgarlikda ayblab, sudga berdi

Baho:
+ | -

“Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta klubning sobiq rahbari Xosep Mariya Bartomeuni katta miqdordagi mablag‘ni noqonuniy sarflaganlikda ayblab, unga qarshi sudga murojaat qildi. Cadena SER nashrining xabar berishicha, Bartomeu braziliyalik futbolchi Malkom hamda fransiyalik hujumchi Antuan Grizmanning transferlari jarayonida moliyaviy qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bartomeu ayrim transferlar bo‘yicha komissiya to‘lovlarini sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatgan va mablag‘larning bir qismi faqat qog‘ozda mavjud bo‘lgan soxta firmalarga o‘tkazilgan. Xususan, Malkom transferidagi 10 million yevro miqdoridagi komissiya to‘lovi bunga misol sifatida keltirilmoqda. Qayd etilishicha, ushbu to‘lovlar bo‘yicha shartnoma Malkomning transferi yakunlanganidan ancha vaqt o‘tib imzolangan.

Bundan tashqari, Laporta Bartomeuni “Atletiko Madrid” klubiga 15 million yevro miqdorida noqonuniy to‘lov amalga oshirganlikda ham aybladi. Unga ko‘ra, bu mablag‘ Grizmann bilan bog‘liq mojaroni sudgacha yetkazmasdan hal qilish uchun to‘langan. Sababi, Grizmann “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi mavjud bo‘lgan paytda “Barselona” bilan yashirincha muzokaralar olib borgan.

Laporta boshchiligidagi klub rahbariyatining ta’kidlashicha, ba’zi transferlar bo‘yicha 33 foizlik komissiyalar to‘langan. Hattoki, “Barselona”dan pul olish uchun atay maxsus firmalar tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Xosep Bartomeu “Barselona” klubini 2014 yil yanvaridan 2020 yil oktabrigacha boshqargan. Bungacha u vise-prezident va boshqaruv kengashi a’zosi sifatida faoliyat yuritgan. Sobiq prezident ushbu ish yuzasidan 24 oktyabr kuni sudda ko‘rsatma berishi belgilangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:25, 30.09.2025.
O'qildi: 1386 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.