Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Italiyalik mashhur murabbiy Yaqin Sharq klublarida ishlashni istamadi

Italiyalik mashhur murabbiy Yaqin Sharq klublarida ishlashni istamadi

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasining sobiq ustozi, shu yilning yoz oyi boshida lavozimidan ozod etilgan Luchano Spalletti Yaqin Sharq mamlakatlarida murabbiylik qilishga rozi bo‘lmadi.

Luchanoga jamoani boshqarishni Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" va Qatarning "As-Sadd" klublari rahbariyati taklif qilgan, biroq ikkala jamoa ham 66 yoshli italiyalik mutaxassisdan rad javobini olgan.

Qayd etilishicha, "Roma", "Inter", "Napoli" va boshqa ko‘plab klublarning sobiq ustozida ikki yillik shartnoma va katta maosh taklif qilingan. Ammo murabbiy faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishni istashini aniq aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Spalletti jahon chempionati saralashining 3-turi doirasida Norvegiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (3:0) Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan edi.

Kiritildi: 16:31, 05.10.2025.
O'qildi: 1289 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.