Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

Artyom Petrosyan: "Bugungi o‘yinda tajriba o‘z so‘zini aytdi"

Artyom Petrosyan: "Bugungi o‘yinda tajriba o‘z so‘zini aytdi"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Pro liganing 16-turi doirasidagi "Lokomotiv" hamda "Olimpik" (2:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng mehmonlar ustozi Artyom Petrosyan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Yigitlar peshqadam jamoaga qarshi yomon o‘yin ko‘rsatishmadi. Afsuski bo‘limlar boshida oddiy vaziyatlarda gollar o‘tkazdik. "Lokomotiv" o‘zining yarimta imkoniyatidan ham foydalandi. Biz esa afsuski foydadanmadik.

O‘yin taqdirini kichik detallar hal qiladi. Bugungi o‘yinda tajriba o‘z so‘zini aytdi. Yigitlarga e’tiroz yo‘q, ular borini berib o‘ynadi.

- Nima deb o‘ylaysiz, butun mavsum uchun 20 ta o‘yin kam emasmi?

- Juda kam. Butun boshli mavsum uchun 20 ta o‘yin kam. Bugun o‘ynadik. Keyingi o‘yinimiz 16 oktyabr kuni bo‘ladi. Yigitlarni tayyorlash jarayoni qiyin bo‘ladi.

Jamoamiz yosh, ular qancha ko‘p o‘ynashsa, shuncha yaxshi. Bu orqali yosh futbolchilar ko‘p tajriba olishadi. O‘yinlar kamligi o‘z navbatida murabbiylarga ham qiyinchilik tug‘diradi.

-Tajriba bugun ustunlik qildimi?

-Ha. Yana bir bor aytaman - mayda detallar katta rol o‘ynadi. Oddiy vaziyatlarda, uzatmalar vaqtida xato qildik. "Lokomotiv" xatolarimizni kechirmadi. Jamoa oddiy uzatma orqali gol urib ketdi. Bu darajani bildirib turibdi. Jamoa bekorga liga peshqadami emas. Futbolchilar Superliga darajasida. Bizning yigitlar esa hali yosh.

-Yoshlarni o‘ynatish kerak deymiz. Lekin ular ko‘p yutqazishsa, sinib qolmaydimi?

-Bu yerda murabbiyga ham ko‘p narsa bog‘liq. O‘yindan so‘ng ularni qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega. Albatta ularni ko‘p tanqid qilib, xatolar uchun bosim o‘tkazaverilsa sinib qoladi. Sekin-sekin tajriba keladi. Buning uchun vaqt kerak.

Biz yigitlar kelasi yil Superliga jamoalarida o‘yin o‘tkazishsa, xursand bo‘lamiz. Hozir turli yosh toifalarida 4 nafar futbolchimiz bor. Shu tomonlama biz xursandmiz.

Manba: https://t.me/fcolympicuz
Kiritildi: 22:47, 05.10.2025.
O'qildi: 648 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.