Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

Kannavaroning maoshi ochiqlanmaydi. Shartnoma 2+3 ko‘rinishida imzolandi - Irmatov

Kannavaroning maoshi ochiqlanmaydi. Shartnoma 2+3 ko‘rinishida imzolandi - Irmatov

Baho:
+ | -4
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va O‘FA rahbariyati ishtirokidagi matbuot anjumani davom etmoqda.

Unda O‘FA vise-prezidenti Ravshan Irmatov so‘zga chiqib, murabbiy bilan "2+3" ko‘rinishida shartnoma imzolanganini ma’lum qildi.

Shuningdek, tomonlar kelishuviga ko‘ra maosh miqdori ochiqlanmaydi.

"Assalomu alaykum, hurmatli jurnalistlar, aziz hamkasabalar va futbol ishqibozlari.

Bugun mamlakatimiz futboli uchun muhim voqea — yangi bosh murabbiy ishtirokida matbuot anjumanini o‘tkazish uchun yig‘ildik.

Murabbiyning oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa aniq: jamoani jahon chempionatida munosib ishtirok etishga tayyorlash. Bu yo‘lda biz unga to‘liq ishonch bildiramiz. Shu bilan birga, milliy jamoaning barqarorligini saqlash uchun Timur Kapadze yordamchi murabbiy sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda turli raqamlar tilga olinmoqda, ammo shuni ochiq aytmoqchimanki — bu mish-mish xolos. O‘FA barcha jarayonlarni qonuniy, shaffof va o‘z imkoniyatlari doirasida amalga oshirgan.

Tarixiy natija qayd etib, Jahon chempionatiga yo‘l olishimizda mehnati singgan barcha murabbiylarga, xususan Srechko Katanes va Timur Kapadzega chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Jahon chempionati bu katta musobaqa uni butun dunyo tomosha qiladi va futbol ommasining nigohi O‘zbekistonga qaratiladi. Shu sababli turnirda munosib ishtirok etish va mundial havosini olib kirish uchun aynan futbolchi sifatida ishtirok etgan mutaxassisni jalb qilish ko‘zda tutilgan edi.  O‘FA rahbariyati hamda Murabbiylar kengashi tomonidan jamoamizni Jahon chempionatiga tayyorlash uchun italiyalik mutaxassis — Fabio Kannavarro bosh murabbiy etib tayinlanishi maqsadga muvofiq deb topildi.

Kannavaro futbol tarixidagi eng yaxshi himoyachisi edi, istaymizmi yo‘qmi Jahon chempionatida natija qayd etish uchun himoyani mustahkam saqlash talab etiladi: U Jahon chempioni, "Oltin to‘p" sohibi va o‘z vaqtida himoyada ishonch, intizom hamda yetakchilik timsoli bo‘lgan. Himoyaviy o‘yin uslubi natija berishini ko‘rdik, Biz ishonamizki, u o‘zining xalqaro tajribasi, professional madaniyati va taktikasidagi qat’iylik orqali milliy jamoamizga yangi ruh va yangi tizim olib kiradi.

Yangi bosh murabbiy bilan  2+3 ko‘rinishida shartnoma imzolandi. Biz uzoq muddatli hamkorlikni ustivor deb bilamiz. Osiyo va Jahon chempionatlarida munosib ishtirok etamiz", - dedi Irmatov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:18, 06.10.2025.
O'qildi: 1942 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.