3-5 oktyabr kunlari Estoniyaning Tallin shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdurahmon Abdullayev 1 tadan oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Oltin medal: 130 sm (to‘siq balandligi), “Otto van de Achterhoek” otida;
Kumush medal: 140 sm, “Go Four it B” otida;
Bronza medal: 150 sm, “Go Four it B” otida.













