Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Shahram G‘iyosov kutilmaganda ringga chiqadi. Navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Shahram G‘iyosov kutilmaganda ringga chiqadi. Navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Toshkentdagi «Humo Arena» majmuasida professional boks oqshomi tashkil etiladi.

O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov 2025 yil 14 noyabr kuni Toshkentdagi «Humo Arena» majmuasida o‘tadigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

G‘iyosovning aytishicha, jang rejasiz va kutilmagan holda tashkil etilgan. Unga ko‘ra, raqib nomi yaqin vaqtlarda e’lon qilinadi.

«Jangimiz to‘satdan chiqib qoldi. Xudo xohlasa, 14 noyabr kuni hammani «Humo Arena»da kutamiz. Asosiy kardda o‘zim bo‘laman. Ringga eng oxirgi bo‘lib chiqaman. Ya’ni, asosiy jang mening ishtirokimda bo‘lib o‘tadi. Xudo xohlasa, juda chiroyli jang bo‘lishi kerak. Yaqin orada raqib ham e’lon qilinadi. To‘satdan chiqdi, o‘ylanmay rozi bo‘ldim. Aks holda, yana AQSHga uchish kerak bo‘lardi», – dedi bokschi Instagram sahifasida.

Ta’kidlanishicha, tadbir Lift Promotions kompaniyasi tomonidan uyushtiriladi. Professional boks oqshomida Shahram G‘iyosovdan tashqari Lazizbek Mullajonov va A’loxon Abdullayev ham qatnashishi kutilmoqda. Bu bokschilar ham o‘z divizionlarida yuksak natijaga erishgan sportchilar hisoblanadi.

G‘iyosov so‘nggi jangini 2025 yil 13 aprel kuni AQSHning Atlantik-Siti shahrida o‘tkazgan edi. U argentinalik Franko Maksimiliano Okampoga qarshi bahsda to‘rtinchi raunddagi ta’sirli zarba bilan g‘alaba qozongan.

Manba: vaqt.uz
Kiritildi: 21:37, 06.10.2025.
O'qildi: 2241 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.