Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Mbappe Yamal haqida: "U futbolga juda qiziqadi, qolgani uning shaxsiy hayoti"

Mbappe Yamal haqida: "U futbolga juda qiziqadi, qolgani uning shaxsiy hayoti"

Baho:
+ | -

Kilian Mbappe "Barselona"dan Lamin Yamalga bo‘lgan e’tibor haqida gapirdi.

"Ko‘rinib turibdiki, u futbolga juda qiziqadi va bu yo‘qotish mumkin bo‘lmagan yagona narsa. Qolgani uning shaxsiy hayoti, uni tinch qo‘yish kerak.

Futbolda u ajoyib o‘yinchi, lekin hayotda u atigi 18 yoshli yigit. Bu yoshda hamma xato qiladi. Nimadir yaxshi, nimadir yomon qilyapsan... Oxir-oqibat u o‘zining hayotiy tajribasiga ega bo‘ladi. U o‘zi uchun nima yaxshi ekanligini tushunadi va oxir-oqibat uning maydonda nima qilayotganini shunchaki tomosha qilish kerak. Maydondan tashqarida nima qilayotganining ahamiyati yo‘q, agar jiddiy narsa haqida gap ketmayotgan bo‘lsa.

Uning iste’dodi katta va u o‘zi tanlagan yo‘ldan boradi. Unga omad tilayman", - deydi "Real" va Fransiya terma jamoasi forvardi.

Kiritildi: 15:45, 10.10.2025.
O'qildi: 1480 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик