Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Stiven Jerrard sobiq klubini boshqarishni rad etdi

Stiven Jerrard sobiq klubini boshqarishni rad etdi

Baho:
+ | -

Stiven Jerrard "Reynjers"ni yana boshqarishdan bosh tortdi.

Shotlandiya klubi payshanba va juma kunlari sobiq murabbiyi bilan muzokaralar olib bordi, ammo yakunda Jerrard hali ishga qaytishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi.

"Liverpul" klubi va Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisining so‘nggi ish joyi Saudiya Arabistonining "Al Ittifoq" klubi bo‘lib, u yanvar oyi oxirida jamoani tark etgandi.

"Reynjers" Rassell Martinning iste’fosidan so‘ng yangi murabbiy qidirmoqda va 7 turdan so‘ng Shotlandiya chempionatida 8-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 08:16, 12.10.2025.
O'qildi: 695 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик