Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Jordi Alba "Inter Mayami" safidagi so‘nggi uy o‘yinida gol urdi va assistentlik qildi

Jordi Alba "Inter Mayami" safidagi so‘nggi uy o‘yinida gol urdi va assistentlik qildi

Baho:
+ | -

Jordi Alba "Inter Mayami" muxlislari bilan xayrlashdi. Yaqinda ispaniyalik chap qanot himoyachisi faoliyatini yakunlashini e’lon qilgandi.

36 yoshli faxriy o‘z uyida "Atlanta Yunayted"ga qarshi kechgan xayrlashuv uchrashuvida yorqin o‘yin ko‘rsatdi: 52-daqiqada Lionel Messining uzatmasidan keyin gol urgan bo‘lsa, 87-daqiqada argentinalik futbolchiga assistentlik qildi. Bahsda "qo‘tonlar" yirik 4:0 hisobida zafar quchdi.

Alba 2023 yilning yozidan beri "Inter Mayami" sharafini himoya qilmoqda. AQSHga ko‘chib o‘tishdan oldin u 11 yil davomida "Barselona" sharafini himoya qilgan. MLSning joriy mavsumida ispaniyalik 29 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 10 ta samarali pas berdi.

Kiritildi: 08:41, 12.10.2025.
O'qildi: 630 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик