Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Nenad Lalovich sport tashkilotlarining rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi

Nenad Lalovich sport tashkilotlarining rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Birlashgan kurash dunyosi (UWW) Prezidenti Nenad Lalovich kun davomida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida bo‘ldi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston va UWW o‘rtasidagi hamkorlikni yanada izchil yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Sport vazirligi, MOQ va O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi rahbariyati ishtirokida kechgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlikning yangi bosqichlari muhokama qilindi. Suhbat davomida terma jamoalar uchun yanada qulayliklar yaratish, xalqaro tashkilotda o‘zbekistonlik mutaxassislarning sonini ko‘paytirish va ularning malakasini oshirish kabi mavzularga ham to‘xtalib o‘tildi.

Janob Lalovich MOQning Martabali mehmonlar kitobiga o‘zining samimiy tilaklarini yozib qoldirdi. Shuningdek, u tadbir yakunida sentyabr oyida Xorvatiyada o‘tgan jahon chempionatida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz hamda ularning murabbiylari bilan uchrashdi. Ularga davlat tomonidan tegishli pul mukofotlari topshirilib, jahon chempioni Aytjan Xalmaxanovga BYD avtomashinasi taqdim qilindi.

Kiritildi: 11:00, 14.10.2025.
O'qildi: 684 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик