Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Tebas va Laporta AQSHda o‘yin uyushtirish uchun futbolchilarning fikrini inobatga olmadi

Tebas va Laporta AQSHda o‘yin uyushtirish uchun futbolchilarning fikrini inobatga olmadi

Baho:
+ | -

La Liga, "Barselona" va "Vilyarreal" vakillari AQSHdagi o‘yinni muhokama qilish uchun jamoa sardorlari bilan uchrashuvni e’tiborsiz qoldirdi. Bu haqda AS xabar bermoqda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya chempionati 17-turidan o‘rin olgan jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv Mayamidagi "Xard Rok" stadionida bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘lgandi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, "sariq suvosti kemasi" va "ko‘k-anorranglilar" prezidentlari Fernando Roch va Joan Laporta, shuningdek, La Liga rahbari Xavyer Tebas uchrashuvni futbolchilar o‘ynaydigan yoki mashg‘ulot o‘tkazadigan sanalarga ko‘chirish uchun yig‘ilishga kelmagan. Ularning fikricha, bu sardorlarning qaror qabul qilishda ishtirok etishini qiyinlashtiradi.

Shu bilan birga, jamoa sardorlari La Liga bilan imzolangan kelishuv doirasida o‘z huquqlari qanday amalga oshirilishi, mablag‘lar qanday taqsimlanishi, shuningdek, bunday o‘yinlar qanchalik tez-tez va qachon o‘tkazilishi haqida ma’lumot olishni istamoqda.

Kiritildi: 16:32, 15.10.2025.
O'qildi: 920 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик