"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong jamoasi bilan hamkorlikni davom ettirayotgani haqida fikr bildirdi.
"Har doim aytganimdek, bolaligimdan "Barselona"da o‘ynashni orzu qilardim - endi orzum ushalgach, bu yerda imkon qadar uzoqroq qolishni va bu klub bilan ko‘plab unvonlarni qo‘lga kiritishni istayman.
Mening oilam ham Barselonada yashab juda baxtli, shuning uchun bu juda yaxshi," - dedi de Yong.
Eslatib o‘tamiz, Frenki bugun, 15 oktyabr kuni "Barselona" bilan 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan yangi shartnoma imzoladi.













