Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/06 01:00 Kyurasao 0-2 Kot-d'Ivuar
26/06 01:00 Ekvador 2-1 Germaniya
26/06 04:00 Yaponiya 1-1 Shvesiya
26/06 04:00 Tunis 1-3 Niderlandiya
26/06 07:00 Turkiya 3-2 AQSh
26/06 07:00 Paragvay 0-0 Avstraliya
26/06 23:59 Norvegiya 1-4 Fransiya
26/06 23:59 Senegal 5-0 Iroq
27/06 05:00 Urugvay 0-1 Ispaniya
27/06 05:00 Kabo-Verde 0-0 Saudiya Arabistoni
27/06 08:00 Misr 1-1 Eron
27/06 08:00 Yangi Zelandiya 1-5 Belgiya
28/06 02:00 Panama - Angliya
28/06 02:00 Xorvatiya - Gana
28/06 04:30 Kongo DR - O‘zbekiston
28/06 04:30 Kolumbiya - Portugaliya
28/06 08:00 Jazoir - Avstriya
28/06 08:00 Iordaniya - Argentina

Yamal "PSJ"ga qarshi o‘yin oldidan "Barsa" yig‘ilishiga kechikdi. Flik Laminni zaxirada qoldirmoqchi edi, lekin Deku aralashdi - bu murabbiyga ham, futbolchilarga ham yoqmadi

Yamal "PSJ"ga qarshi o‘yin oldidan "Barsa" yig‘ilishiga kechikdi. Flik Laminni zaxirada qoldirmoqchi edi, lekin Deku aralashdi - bu murabbiyga ham, futbolchilarga ham yoqmadi

Baho:
+ | -

Lamin Yamalni kechikib kelgani uchun jazolashmadi.

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik avval ham bir necha bor o‘yinchilarni asosiy tarkibdan chetlatgan, chunki ular mashg‘ulotlarga kechikib kelishgan.

Ammo Chempionlar ligasi doirasidagi "PSJ" (1:2) bilan o‘yin oldidan yig‘ilishga o‘z vaqtida kelmagan Lamin Yamalga nisbatan jazo qo‘llanilmadi, deb xabar beradi As. Ispaniyalik futbolchi o‘sha o‘yinni asosiy tarkibda boshladi.

Cadena SER jurnalisti Manu Karrenoning El Larguero dasturida aytishicha, sport direktori Deku Flikni o‘sha kuni Laminni zaxira o‘rindig‘ida qoldirmaslikka ko‘ndirish uchun aralashishga majbur bo‘lgan. Germaniyalik murabbiy dastlabki daqiqalardanoq futbolchini maydonga tushirmaslikni istadi.

"Lamin o‘ynashi uchun Deku aralashishga majbur bo‘ldi. Flikka uning qaroriga e’tiroz bildirilgani yoqmadi, chunki u jazo qo‘llanilsa, hamma uchun bir xil bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi," - dedi jurnalist.

Qayd etilishicha, kiyinish xonasida Yamalga nisbatan sanksiyalar qo‘llanmagani tushunmovchilik keltirib chiqargan, chunki Jyul Kunde, Rafinya va Inyaki Penya kabi futbolchilar haqiqatan ham bunday holatlar uchun jazolangan.

Kiritildi: 16:07, 17.10.2025.
O'qildi: 2664 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик