Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

De Dzerbi: "Unda dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lish uchun sifatlar bor"

De Dzerbi: "Unda dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lish uchun sifatlar bor"

Baho:
+ | -

"Marsel" "Gavr"ni 6:2 hisobida mag‘lub etganida Meyson Grinvud aql bovar qilmaydigan o‘yin namoyish etdi. Angliyalik hujumchi to‘rtta gol urib, Roberto De Zerbi jamoasini Liga 1 peshqadamiga aylantirdi. Uchrashuvdan so‘ng italiyalik murabbiy matbuot anjumanida inglizni chin dildan maqtadi.

"Unda dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lish uchun sifatlar bor. U o‘ta iste’dodli, ammo jamoaga yanada foydali bo‘lishi kerak. Men uni himoya qilmoqchiman, chunki unga nisbatan tanqidni ko‘rishni yoqtirmayman. U ko‘plab gollar urdi, hech qachon mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormadi va unda hali rivojlanish uchun imkon bor," - dedi De Dzerbi.

Eslatib o‘tamiz, Grinvud "Marsel" safiga 2024 yilning yozida "Manchester Yunayted"dan taxminan 31,6 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan edi.

Kiritildi: 16:21, 20.10.2025.
O'qildi: 985 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик