Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

«Barselona» qishki transfer oynasidan futbolchi sotib olmaslik qarori sababini tushuntirdi

«Barselona» qishki transfer oynasidan futbolchi sotib olmaslik qarori sababini tushuntirdi

Baho:
+ | -

"Barselona" sport direktori Dekuning aytishicha, klub hozircha qishki transfer davrida tarkibni kuchaytirishni rejalashtirayotgani yo‘q.

«Hozircha bozorga chiqish uchun sabab ko‘rmayapman. Oldimizda hali butun mavsum bor va barchasi jarayonda aniq bo‘ladi. Hech bir futbolchi jamoani tark etish istagini bildirgani yo‘q, shuning uchun bu holat rejalarimizga ta’sir qilmaydi.

Agar vaziyat o‘zgarsa yoki haqiqiy ehtiyoj tug‘ilsa, biz javob berishga tayyor bo‘lamiz. Aniq ismlarni tilga olmoqchi emasman, ammo vaziyatni diqqat bilan kuzatib boramiz», — deya Dekuning so‘zlarini Football Espana nashri keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi vaqtda "Barselona" Ispaniya chempionatida 9 ta o‘yindan so‘ng 22 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Turnir jadvalida 24 ochko to‘plagan "Real" yetakchilik qilmoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:08, 21.10.2025.
O'qildi: 1522 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик