"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa sardori Bernardu Silvaning klubdagi kelajagi haqida gapirdi.
Portugaliyalik yarim himoyachining amaldagi shartnomasi kelasi yilning o‘rtalarida yakuniga yetadi.
Mish-mishlarga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi ketish haqida jiddiy o‘ylamoqda. "Bernardu menga kelajagi haqida hech narsa demadi.
U bizning sardorimiz, biz uni juda yaxshi ko‘ramiz, lekin u shaxsan menga hech narsa aytmadi", - dedi Gvardiola Chempionlar ligasi doirasida "Vilyarreal" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin (2:0) OAV bilan suhbatda.













