Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Maksim Shaskix: «Biz yetarlicha vaziyatlar yarata oldik. Ikki ochko yo‘qotdik»

Maksim Shaskix: «Biz yetarlicha vaziyatlar yarata oldik. Ikki ochko yo‘qotdik»

Baho:
+ | -

«Andijon» - «Al-Xolidiya» (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shaskix va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Doniyor Abdumannopov qatnashdilar.

Maksim Shaskix: — Hamma ko‘rdi, bugun jamoamiz ko‘rsatgan o‘yini va yaratilgan imkoniyatlarni sarhisob qilib, g‘alabaga mos o‘yin ko‘rsatdik, deb bemalol ayta olaman. Uchrashuvdan keyin kiyim almashtirish xonasida futbolchilarga minnatdorchilik bildirdim. Ishtiyoq, o‘yinga bo‘lgan munosabat, g‘alabaga bo‘lgan chanqoqlik ko‘rinib turdi va shuning uchun minnatdorchilik bildirdim. Umuman olganda, biz yetarlicha vaziyatlar yarata oldik. Bugun ikki ochko yo‘qotdik. Oldimizda chempionatni ikkita o‘yini bor. Keyingi uchrashuvlarda yaxshi natijalar ko‘rsatishni niyat qilamiz. Endi uchta o‘yin o‘ynadik. Hali guruhdan chiqishga imkoniyatlarimiz bor.   

Doniyor Abdumannopov: — O‘yinga yaxshi tayyorlangandik. Uchrashuv biz o‘ylagandek bo‘ldi. Barcha futbolchilar o‘yinga 100 foiz tayyor edi. Murabbiy aytganidek, ikki ochko yo‘qotdik. Muxlislarimizga qo‘llab-quvvatlashganiga rahmat.

— Maksim Aleksandrovich, jamoa uchta o‘yinda ham gol ura olmadi. Bunga qanday izohlaysiz?

Maksim Shaskix: — “Uchta o‘yinda gol o‘tkazmaganimizni ijobiy tarafi himoyadagi o‘yinni yaxshiligi. «Sho‘rtan»ga 4 ta gol urgandik, afsus, bu yerda gol ura olmadik. Umid qilamanki, hali uriladigan gollarimiz oldinda.

— Ikkinchi bo‘limda kutilmaganda jamoa sardori Damir Temirov hamda Doniyor Abdumannopovni almashtirilishi nima bilan bog‘liq?

Maksim Shaskix: —  Ular juda katta hajmdagi ishni bajarishdi. O‘zlari o‘ynagan daqiqalarda raqib himoyachilarini sarosimaga solib turdi. Almashtirishni ikkita sababi bor. Birinchisi, ular toliqib qolishdi. Men futbolchilarimni yaxshi bilaman. Maydonda ularni qanaqa hajmdagi ishni bajarishgani menga ko‘rindi. Yana bir sababi, ko‘rgan bo‘lsanglar, raqib ham ungacha uchta futbolchini tushirgandi. Aynan maydon markaziga futbolchi tushirildi. Shu bois markazni yanada yaxshiroq qilish maqsadida markazga o‘yinchi tushirdik. Shu tariqa, o‘yinni yana o‘z qo‘limizga olishga harakat qildik.

— «Andijon» jamoasi birinchi bo‘limni 30-daqiqasigacha o‘yinni mehmonlarga berib qo‘ydi. Undan keyin jamoa moslashdi. Bu nima bilan bog‘liq, taktikami yoki...

Maksim Shaskix: — 30-daqiqagacha mehmonlar ko‘proq to‘pga egalik qildi, degani to‘liq ustunlik qildi, degani emas. Darvozamiz oldida aytarli xavfli vaziyatlar yarata olmadilar. O‘yin davomida bor-yo‘g‘i bittami, zarba berishdi. Arab jamoalariga xos tarzda to‘pni yaxshi nazorat qilishadi. To‘pni nazorat qilishi bu jamoaga qandaydir ustunlik berdi, degani emas. Biz ham to‘psiz o‘ynashda yaxshi harakat qilamiz. Oldindan shunaqa rejamiz bor edi. Ular toliqishgach, qarshi hujumlarda tezkor va tajovuzkor harakat qilishni o‘yladik. Aytganimdek, to‘pni nazorat qilish har doim ustunlik beradi, degani emas. Hozirgi futbolda hamma to‘pni nazorat qila oladi. Himoyada yaxshiroq o‘ynashga harakat qildik. Hatto, “Manchester Siti” ham himoyaga o‘tib o‘ynashni o‘rganyapti. Bu futbolni yozilmagan qoidasi. Raqib 90 daqiqa davomida aytarli hujum yaratmadi. Raqib murabbiyi ikki ochko yo‘qotdik deb aytganini eshitdim. Lekin u aldayapti. Chunki ko‘rinib turgandi, ular durang uchun kelgan. O‘yindan keyin durangdan xursand ham bo‘lishdi.    

— Raqib jamoa sizda qanday taassurot qoldirdi?

Doniyor Abdumannopov: — Bu jamoani ko‘rib chiqqandik. Bo‘ydor himoyachilari bor. Qarshi hujumlarda ham yaxshi o‘ynashga harakat qildik. Biz o‘ylagandek bo‘ldi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 08:06, 23.10.2025.
O'qildi: 1211 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик