Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) ijtimoiy tarmoq X’da Chempionlar ligasi haftasining ramziy jamoasini e’lon qildi.
Darvozabon: Gulyelmo Vikario («Tottenhem»).
Himoyachilar: Nunu Mendesh («PSJ»), Gabriel Magalyayns («Arsenal»), Virjil van Deyk («Liverpul»), Denzel Dumfris («Inter»).
Yarim himoyachilar: Fermin Lopes («Barselona»), Feliks Nmecha («Borussiya» Dortmund), Lenart Karl («Bavariya»).
Hujumchilar: Entoni Gordon («Nyukasl»), Gorka Guruseta («Atletik»), Dennis Man («PSV»).














