Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston futzal jamoasi musobaqadagi o‘zining ilk o‘yinini o‘tkazdi.
Dilshod Rahmatov shogirdlariga Afg‘oniston yoshlar terma jamoasi raqib bo‘ldi. Unda afg‘onistonliklar 10:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. O‘zbekistonning gollariga Izzat Aytbayev va Islom Ibragimov mualliflik qilishdi.
Jamoamiz keyingi bahsni 26 oktyabr kuni Bahraynga qarshi o‘tkazadi.













