Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 00:00 Kristal Pelas - Manchester Siti
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl

"Napoli" to‘purari "Inter"ga qarshi o‘ynamaydi

"Napoli" to‘purari "Inter"ga qarshi o‘ynamaydi

Baho:
+ | -

"Napoli"ning 22 yoshli hujumchisi Rasmus Xyoylund A Seriyasining 8-tur uchrashuvida jamoasiga yordam bera olmaydi. O‘yin 25 oktyabr kuni Neapoldagi "Diego Armando Maradona" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Daniya milliy jamoasi a’zosi mushak jarohatidan to‘liq tiklanishga ulgurmadi. Ilgari klub rahbariyati hujumchining "Inter" bilan bo‘ladigan muhim uchrashuvga tayyor bo‘lishini kutgan edi, biroq so‘nggi mashg‘ulotdan so‘ng Xyoylund hali ham kerakli jismoniy holatga yetib kelmagani ma’lum bo‘ldi.

Joriy mavsumda daniyalik futbolchi "Napoli" safida barcha musobaqalarda 6 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi. Hozircha u Neapol jamoasining eng samarali hujumchisi hisoblanadi.

Kiritildi: 23:28, 24.10.2025.
O'qildi: 940 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик