Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

«So‘g‘diyona» klubining so‘nggi ikki uy uchrashuvi Zominda o‘tkaziladi

«So‘g‘diyona» klubining so‘nggi ikki uy uchrashuvi Zominda o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

Jizzax shahrida joylashgan “So‘g‘diyona” stadionida ta’mirlash ishlari boshlandi. “So‘g‘diyona” klubi rahbariyati tashrif buyuruvchi muxlislarga yaqin kelajakda qulaylik hozirlash maqsadida “So‘g‘diyona” stadionida uch yo‘nalishda ish olib borishni rejalashtirgan:

• tribunalar sonini ko‘paytirish;

• tribunalar ustini quyosh va yog‘ingarchilikdan himoya qiluvchi tom bilan yopish;

• tribunalar ustini yopib turuvchi tom bo‘ylab stadion yoritgichlarini o‘rnatish.

Liga muxlislar komforti uchun amalga oshirilayotgan ishlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, tribunalar ustini yopish tendensiyasi start olayotganligini mamnuniyat bilan qabul qiladi.

Qayd etish kerak, avvalroq “So‘g‘diyona” stadionining drenaj, sug‘orish va yoritish tizimi, shuningdek, maydon maysasi yangilangandi. Ayni vaqtda chim parvarishi yuzasidan ayrim kamchiliklar mavjudligi Ligaga ma’lum. Kelajakda mazkur masala “Stadionlar reglamenti” bilan qayta tartibga solinishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, avvalroq “So‘g‘diyona” klub uchun alohida baza bunyod qilingan bo‘lib, 2025 yildan e’tiboran klub o‘z akademiyasini shakllantirishni boshladi. Ya’ni, “So‘g‘diyona” Liga talablari asosida bosqichma-bosqich tom ma’noda professional klubga aylanib bormoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Liga “So‘g‘diyona” klubining so‘nggi ikki uy uchrashuvi Zominda bo‘lib o‘tishiga ruxsat berdi. Bellashuvlar shanba va yakshanba kunlariga to‘g‘ri kelayotgani bu borada muhim rol o‘ynadi. Noyabr oyida bu kunlarda uchrashuvlarni ertaroq boshlash imkoniyati mavjud.

Biroq “Zomin” stadioni 2026 yilgi mavsumga ro‘yxatdan o‘tkazilishi uchun yana bir qator talablar amalga oshirilishi lozim. Zero “So‘g‘diyona” stadionidagi ta’mirlash ishlari ishchi reja bo‘yicha 2026 yilning ikkinchi davrasiga qadar davom etishi katta ehtimol. “Zomin”dagi stadionni 2026-yilgi mavsumga qabul qilish masalasida Liga keyinroq qo‘shimcha ma’lumot beradi.

Ma’lumot uchun, “So‘g‘diyona” 2 noyabr kuni Superliga doirasida “Qizilqum” klubini, 22 noyabrda esa “Bunyodkor” klubini qabul qiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:01, 27.10.2025.
O'qildi: 932 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик