Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

"Surxon" ustozi "Andijon" ustidan qozonilgan yirik g‘alabaga munosabat bildirdi

"Surxon" ustozi "Andijon" ustidan qozonilgan yirik g‘alabaga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

“Surxon” – “Andijon” (4:0) bahsidan so‘ng bo‘lib o‘tgan Superliganing 26-tur uchrashuvidan keyin termizliklar ustozi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida:

– Ketma-ket 3 ta mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilarning ruhiyatini ko‘tarish asosiy masala edi. Yigitlar uddalashdi. Birinchi bo‘limda juda yaxshi harakat qildik. O‘yinni soddalashtirib, to‘pni raqibga topshirdik va pressing orqali o‘ynashga urindik. “Andijon”ning avvalgi bahslardagi muammolarini o‘rganib chiqdik. Bu seriya qachondir tugashi kerak edi. Yigitlar barchasini to‘g‘ri bajarishdi.

“Andijon” Chempionlar ligasining 3 ta o‘yinida 3 ta durang o‘ynadi. Ularning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini qanday baholaysiz?

– Imkoniyat har doim bo‘ladi. Uchta o‘yin – durang. “Andijon” gol urishda muammolarga duch kelyapti. Hali imkoniyat bor, kurashish kerak.

Bugun Behruz Karimov gol urishga muvaffaq bo‘ldi, Kamron Yusupov yaxshi taassurot qoldirmoqda. Yosh bo‘lishiga qaramasdan, ular qo‘rqmasdan o‘ynamoqdalar. Umuman, jamoangizdagi yosh futbolchilar haqida qanday fikrdasiz?

– Yoshlarni maydonga tushirish uchun hisob yaxshi edi, bundan tashqari raqib qizil kartochka oldi. Yoshlar mavsumoldi bahslarida kuchli jamoalarga qarshi o‘ynashgan, qachondir ularni maydonga tushirish kerak-ku. 4-goldan so‘ng futbol o‘ynashdan to‘xtab qoldik, shu narsa biroz yoqmadi. O‘sha tempda davom etish kerak edi. Yigitlarda potensial bor, asosiysi — ishlashdan to‘xtamaslik lozim.

Manba: "Сурхон" матбуот хизмати
Kiritildi: 23:09, 27.10.2025.
O'qildi: 1497 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик