Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

O‘zbekiston futzal federasiyasi prezidenti «Benfika» klubi rahbarlari bilan uchrashdi

O‘zbekiston futzal federasiyasi prezidenti «Benfika» klubi rahbarlari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

2025 yil 27 oktyabr, Lissabon (Portugaliya) — Portugaliya poytaxti Lissabon shahrida O‘zbekiston futzal federasiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov hamda "BMB PFC" klubi prezidenti Aziz Mamatqulov jahonga mashhur «Benfika» futbol klubi qarorgohiga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida tomonlar o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda «Benfika» futbol klubining futzal bo‘yicha Boshqaruv direktori Migel Reys va klubning xalqaro hamkorlik bo‘yicha Departamenti direktori Lorenso Ferreyra ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida mezbonlar o‘zbekistonlik mehmonlarga «Benfika» klubining zamonaviy infratuzilmasi, xodimlar faoliyati hamda futbolchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirishdi.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat futzal klublari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish, qo‘shma mashg‘ulotlar tashkil etish, yoshlar va o‘smirlar bilan ishlash tizimini rivojlantirish, murabbiylar malakasini oshirish hamda Portugaliyalik mutaxassislarni O‘zbekistonga jalb etish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, kelgusi mavsumda klublar miqyosida ikki mamlakat mutaxassislari uchun o‘quv kurslarini tashkil etish va tajriba almashish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Suhbat davomida «Benfika» klubi orqali Portugaliya futzalining ilg‘or tajribalarini O‘zbekistonga tatbiq etish, ikki mamlakat futzal federasiyalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida kelgusi mavsumda «Benfika» hamda “BMB PFS” xususiy futzal klublari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvini tashkil etish, o‘zbekistonlik iqtidorli yoshlarni Portugaliyaning nufuzli klublariga jalb etish, ularning iste’dodini kamolga yetkazish hamda «Benfika» orqali jahonning elit klublariga o‘tishini ta’minlash masalalari bo‘yicha kelishib olindi.

Tomonlar fikriga ko‘ra, ushbu hamkorlik nafaqat klublar, balki ikki mamlakat futzali rivojiga ham salmoqli hissa qo‘shishi kutilmoqda.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 07:02, 28.10.2025.
O'qildi: 927 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик