Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xulian Alvares La Ligada qiziqarli natija qayd etdi

Xulian Alvares La Ligada qiziqarli natija qayd etdi

Baho:
+ | -

Kecha Ispaniya chempionati 10-turidan o‘rin olgan baxsda "Atletiko" safarda "Betis"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi golda Xulian Alvares golli uzatmani amalga oshirdi.

Argentinalik futbolchi uchun bu sermahsul harakat La Liga doirasida o‘tgan mavsum boshidan buyon 29 ta (23 ta gol va 6 ta golli uzatma) bo‘ldi. Opta xabariga ko‘ra, bu "matraschilar" o‘rtasidagi eng yaxshi natija va butun Ispaniya chempionatidagi to‘rtinchi eng yaxshi natijadir.

Faqat uch nafar futbolchining ko‘rsatkichlari yaxshiroq: Rafinya (32), Robert Levandovski (33) va Kilian Mbappe (47). Bu haqda Opta statistik portali xabar bermoqda.

Kiritildi: 18:26, 28.10.2025.
O'qildi: 1276 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик