Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Aleksandr Xomyakov: «Finalda «syurpriz» tayyorlashga harakat qilamiz»

Aleksandr Xomyakov: «Finalda «syurpriz» tayyorlashga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi finali oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Uning dastlabki qismida buxoroliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov hamda jamoa yetakchisi Azizbek Amonov ishtirok etishdi.

“Ertaga qiyin final kutib turibdi. Prinsipiallik yuqoriligini bilamiz. Mashg‘ulotlarimizda katta o‘zgarish bo‘lmadi. Ertaga o‘z imkoniyatlarimizni yaxshi jihatdan namoyish etishga harakat qilamiz. Biz viloyat va muxlislar oldida javobgarmiz va bu jihat biroz hayajonlantirmoqda. Ertangi o‘yinni kutamiz”, – dedi "Buxoro" bosh murabbiyi finaldan oldin.

“Ertangi uchrashuvda yaxshi natija qayd etish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz. «Paxtakor» finallarda ko‘p marotaba ishtirok etgan, «Buxoro» esa ilk marotaba finalda qatnashmoqda. Raqibni o‘rganib chiqdik va qolganini maydonda ko‘ramiz”, – dedi Aziz Amonov.

— «Buxoro» finalga qadar har bir uchrashuvda autsayder edi. Barcha jamoalar «Buxoro»ga qarshi o‘ynashni istayotgan edi, ammo jamoa yakunda finalga qadar yetib keldi. Menimcha, qog‘ozda «Buxoro» ertaga ham autsayder va «Paxtakor» favorit. «Buxoro» o‘yindan oldin autsayder jamoa sifatida qaralishi ustunlik beradimi yoki aksincha?

Albatta, raqib — favorit. Biroq final bir o‘yindan iborat. Bunga ko‘p misollar keltirishimiz mumkin. Biz g‘alaba haqida o‘ylayapmiz va ertaga yaxshi natija qayd etish uchun borimizni beramiz.

— Aziz Amonovga savol. Yaqinda Superliga klubining bir murabbiyi «Buxoro»ning motivasiyasi ko‘proq bo‘lgani uchun keyingi bosqichga o‘tdi va o‘sha uchrashuvda bir futbolchida qo‘shimcha ishtiyoq bor edi, deb aytib o‘tdi. Ertangi finaldan oldin sizda ham shunday qo‘shimcha ishtiyoq bo‘ladimi?

— Men «Bunyodkor»ga qarshi hech nimani isbotlamoqchi emas edim. Biz har doim jamoa bo‘lib maydonga tushamiz. Jamoada maqsad bitta — keyingi bosqichga o‘tish. U kimki, men unga bir nimani isbotlayman. O‘yin taqdiri bir futbolchiga bog‘liq bo‘lgan emas, biz jamoa bo‘lib g‘alaba qozonib kelyapmiz. «Paxtakor»ga qarshi ham bir jamoa bo‘lib tushamiz, qolganini esa Yaratgandan.

— Aziz Amonovga savol. Superligada «Buxoro» «Paxtakor»ga ikki o‘yinda ham yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Finalga qanday tayyorgarlik ko‘rildi va ruhiy jihatdan futbolchilar finalga tayyormi?

— Murabbiyimiz bu haqida ta’kidlab o‘tdi. To‘g‘ri, ligadagi o‘yinda oddiy vaziyatlarda xatoga yo‘l qo‘yib gol o‘tkazib yubordik, ammo mashg‘ulotlarda bu jihat ustida ishladik. O‘ylaymanki, finalda kamroq xato qilamiz va yaxshi natija qayd etishga erishamiz.

— Ikki jamoalarning so‘nggi to‘qnashuvida «Buxoro» raqibga ochiq o‘yin taklif qilgan edi va shu sababli yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Ertaga «Buxoro» biroz himoyaviyroq uslub tanlaydimi?

— Sabablardan biri deb o‘ylamayman. Biz hujumkor jamoaga qarshi agressivroq o‘ynashni istagan edik. Asosiy sabab biz o‘z vaziyatlarimizdan foydalana olmaganimizda, menimcha. Biz raqib darvozasi tomon to‘pni yetkaza olgandik, lekin yana bir bor takrorlayman: raqib darajasi ancha yuqori va jamoa tarkibi terma jamoa futbolchilaridan tashkil topgan. Biz o‘z vaziyatlarimizni ko‘kka sovurdik, raqib esa foydaland. Ko‘ramiz, ertangi o‘yin qanday bo‘lar ekan. Biz «syurpriz» tayyorlashga harakat qilamiz.

— O‘tgan yili «Andijon» futbolchilarining ko‘pchiligi uchun faoliyatidagi birinchi final edi. «Buxoro» futbolchilari uchun ham shunday. Ushbu jihatni hisobga olsak, ertangi uchrashuvda «Buxoro» uchun ko‘proq ruhiy tayyorgarlik muhimroqmikan?

— Ha, ertaga ko‘proq hissiyotlar ishlaydi. To‘g‘ri, raqib bizdan kuchliroq. Bu haqida statistika va musobaqa jadvali aytmoqda. Shuning uchun biz ko‘proq psixologik tayyorgarlikka urg‘u berishimiz kerak. Biz final ekanligiga katta e’tibor qaratayapmiz. Sababi final bir o‘yindan iborat. O‘tgan yili ham raqibimiz ancha jiddiy edi. Mahorat yetmasa, ishtiyoq va xohish asosiy rolga chiqadi.

— Sergeev Superliganing eng yaxshi o‘yinchilaridan biri. Uni ertaga qanday qo‘riqlamoqchisizlar? Balki Igorga personal himoya qo‘llash kerakdir?

— Balki. Biz tayyorgarlik ko‘ryapmiz va imkon qadar raqibning kuchli jihatlarini bartaraf etishga harakat qilamiz.

Manba: https://t.me/FKBUXORO04
Kiritildi: 22:15, 28.10.2025.
O'qildi: 1232 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.