Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Diyego Simeone: "Kuchli raqibga qarshi o‘ynaymiz"

Diyego Simeone: "Kuchli raqibga qarshi o‘ynaymiz"

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone "Sevilya"ga qarshi o‘yinga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, La Liganing 11-tur uchrashuvi 1 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi.

"Bizga hamma formada bo‘lishi kerak. Seshanba kuni yana o‘ynaymiz, keyin noyabr va dekabr oylarida ketma-ket 9 ta o‘yin o‘tkazamiz. Biz ertangi kun haqida, kuchli, murakkab, butun maydon bo‘ylab aql bovar qilmaydigan bosim uyushtiradigan raqib haqida o‘ylayapmiz", - deya Simeonening so‘zlarini keltiradi Into the Calderon portali.

Taktikadagi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar haqida gapirar ekan, Simeone quyidagilarni ta’kidladi:

"O‘yin raqibning qanday harakat qilishiga qarab sizni turli joylashuvlarga olib kelishi mumkin. "Betis" bilan 4-3-3, 4-5-1 va 4-4-2 taktikalarida o‘ynadik".

"Atletiko" 19 ochko bilan musobaqa jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. "Sevilya" 13 ochko bilan 11-pog‘onaga joylashgan.

Kiritildi: 17:42, 01.11.2025.
O'qildi: 736 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик