Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xabi Alonso: «Penaltidan gol ura olmaganimiz meni xafa qildi»

Xabi Alonso: «Penaltidan gol ura olmaganimiz meni xafa qildi»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso kechagi «Valensiya»ga qarshi uchrashuvda Vinisius Juniorning penaltidan gol ura olmagan vaziyatiga izoh berdi.

«Bu lahza meni xafa qildi, hisobni 3:0 qilishimiz mumkin edi. Jamoada asosiy penaltichi bor — bu Kilian Mbappe. Biroq o‘yin vaqtida futbolchilar o‘zaro kelishib, 11 metrlik zarbani kim amalga oshirishini o‘zlari hal qilishadi», — deb mutaxassisning so‘zlarini Sport.es nashri keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tdi va «qaymoqranglilar» 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu bahsda Mbappe dubl qayd etdi.

Kiritildi: 12:38, 02.11.2025.
O'qildi: 1463 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик